← Barcha maqolalar

Narxlar7 daqiqa

Veb sayt qancha turadi? 2026-yilda O'zbekistonda narxlar

Landing page, korporativ sayt va CRM tizim narxlari qanday shakllanadi — 1.8 mln so'mdan 6.5 mln so'mgacha real diapazonlar bilan.

«Sayt qancha turadi?» — eng ko'p beriladigan savol va eng ko'p noaniq javob oladigan savol. Sababi oddiy: sayt bu mahsulot emas, xizmat. Bir xil «sayt» so'zi ortida bir kunlik shablon ham, ikki oylik tizim ham turishi mumkin. Quyida 2026-yil boshidagi real bozor diapazonlarini va narx nimadan yig'ilishini ochiq yozdim.

Qisqa javob: uch diapazon

1.8-2.5 mln so'm

Landing page (1 sahifa, konversiyaga qurilgan)

3-4.5 mln so'm

Korporativ sayt (5-8 sahifa, blog, admin panel)

5-6.5 mln so'm

Internet do'kon yoki CRM / web ilova

Bu diapazonlar individual dizayn, toza kod va topshirishdan keyingi kafolat bilan ishlashni nazarda tutadi. Bozorda 500 ming so'mlik takliflar ham bor — ular deyarli har doim tayyor shablon, uchinchi tomon konstruktori va sizga tegishli bo'lmagan kod degani.

Landing page: 1.8-2.5 mln so'm

Bir maqsadli sahifa: qo'ng'iroq, so'rov yoki ro'yxatdan o'tish. Reklama trafigi bor bizneslar uchun eng tez qaytim beradigan format. Ichida nima bor:

  • Brend rangi va tipografikasi bilan noldan dizayn — shablon emas
  • Mobil moslashuv (trafikning 70-80 foizi telefonda)
  • Aloqa formasi va so'rovlar bazasi
  • Asosiy SEO: title, description, tezlik, indeksatsiya
  • Domen, hosting, SSL va analitika ulash

Muddat: 5-7 kun. Narx yuqoriga siljishi mumkin, agar ko'p bo'limli scroll animatsiya, video, kalkulyator yoki ikki til kerak bo'lsa.

Korporativ sayt: 3-4.5 mln so'm

Kompaniyaning yuzi: xizmatlar, portfolio, jamoa, blog, kontaktlar. Bu yerda narxni oshiradigan asosiy narsa — sahifalar soni emas, kontentni o'zingiz boshqarishingiz. Admin panel qo'shilishi bilan loyiha «dizayn + kod»dan «kichik tizim»ga aylanadi: ma'lumotlar bazasi, ruxsatlar, rasm yuklash, ikki til.

  • 5-8 sahifa yoki xizmatlar katalogi
  • Blog / yangiliklar bo'limi
  • Admin panel: matn, rasm va narxlarni o'zingiz tahrirlaysiz
  • Ikki til (o'zbek / rus) — odatda +15-20% ish
  • Scroll animatsiyalar va mikro-interaksiyalar
  • Analitika, Search Console, 30 kun qo'llab-quvvatlash

Muddat: 10-14 kun.

Internet do'kon va CRM: 5-6.5 mln so'm

Bu allaqachon sayt emas, biznes jarayoni. Do'konda katalog, savat, to'lov va buyurtmalar hisobi bo'ladi; CRM'da esa mijozlar, guruhlar, to'lovlar, davomat va hisobotlar. Narxning yarmi dizaynga emas, mantiqqa ketadi: kim nimani ko'radi, qaysi status keyin nima bo'ladi, xato kiritilgan ma'lumot bilan tizim nima qiladi.

Shu sababli bu toifada aniq narx faqat brief va jarayon xaritasidan keyin aytiladi. 6.5 mln so'm — o'rtacha murakkablikdagi tizimning yuqori chegarasi; integratsiyalar (to'lov tizimlari, SMS, Telegram bot, 1C) qo'shilsa, smeta alohida hisoblanadi.

Narxni nima oshiradi

  • Individual dizayn darajasi: har bir blok maketi vs tayyor grid
  • Animatsiya: oddiy fade vs scroll bilan boshqariladigan sahna
  • Ikki yoki uch til
  • Integratsiyalar: to'lov, SMS, Telegram, buxgalteriya
  • Admin panel qamrovi: 3 jadval vs 10 jadval va ruxsatlar
  • Kontent: matn va rasmlar sizdan bo'lsa arzon, biz yozsak qimmat

Doimiy xarajatlar

Sayt bir marta to'lanadigan narsa emas. Domen va hosting yiliga o'rtacha 250 ming - 750 ming so'm. Buni oldindan hisobga oling — lekin domen va hosting sizning nomingizga olinishi shart, egasi siz bo'lishingiz kerak.

To'lov qanday bo'ladi

Standart shart: 50% ish boshlanishida, 50% topshirishda. Shartnoma bo'ladi, muddat shartnomada yoziladi, har bosqichda natijani ko'rib turasiz. Topshirilgandan keyin paketga qarab 30-90 kun texnik kafolat.

“Eng qimmat sayt — ikki marta yasaladigan sayt. Birinchi marta arzoniga qilib, olti oydan keyin noldan boshlash bozorda eng ko'p uchraydigan xarajat.

Loyihangizni gaplashamizmi?

Brief 10 daqiqa oladi. 24 soat ichida taklif va aniq muddat bilan javob beraman.

Yana o'qish

© 2026 ibroweb. Barcha huquqlar himoyalangan

Xizmatlar